Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman · 11-noyabr 2026
XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

Uzluksiz ta’lim tizimida
pedagogika va filologiya
fanlarining transformatsiyasi va istiqbollari

Sun’iy intellekt davrida til ta’limi, raqamli transformatsiya, zamonaviy tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari.

Sana11.11.2026
ManzilUchtepa · 21A
11NOV
2026
Tarmoq markazi logosiO‘zDJTU
Tarmoq markazi
3 TIL•6 SHO‘BA•MAQOLALAR•DOI•GOOGLE SCHOLAR•THE LINGUA SPECTRUM JOURNAL

01 · ANJUMAN HAQIDA

Ilmiy fikr, raqamli transformatsiya va yangi pedagogik qarashlar bir maydonda.

2026-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Ilmiy-amaliy anjumanda sun’iy intellekt davrida til ta’limini rivojlantirish, qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning zamonaviy muammolari, xorijiy tillarni o‘qitishning innovatsion yondashuvlari va istiqbollari, til o‘qitishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilinadi.

Anjumanda soha mutaxassislari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.

02 · ILMIY YO‘NALISHLAR

Anjuman sho‘balari

Maqola mavzusi quyidagi ilmiy yo‘nalishlardan biriga mos bo‘lishi kerak.

01

Uzluksiz ta’lim tizimining raqamli transformatsiyasi va innovatsion pedagogik texnologiyalar.

02

Zamonaviy tilshunoslikning nazariy-metodologik muammolari va uning uzluksiz ta’lim tizimidagi rivojlanish istiqbollari.

03

Adabiyotshunoslik, badiiy matn tahlili va adabiy ta’limning zamonaviy yo‘nalishlari.

04

Chog‘ishtirma-tipologik tilshunoslik, tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqot.

05

Uzluksiz ta’lim tizimida sun’iy intellekt va generativ texnologiyalar.

06

Inklyuziv ta’lim, tabaqalashtirilgan yondashuv va alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish.

03 · MAQOLA TALABLARI

Maqolani tayyorlashdan oldin tekshiring

70%minimal originallik
01

Maqola sarlavhasining bevosita yuqorisida tegishli anjuman sho‘basining raqami va to‘liq nomi ko‘rsatilishi shart.

02

Maqolalar anjuman sho‘balari mavzulariga mos, original, ilgari chop etilmagan, dolzarb va ilmiy asoslangan bo‘lishi lozim. Barcha maqolalar Antiplag.uz tizimida tekshiriladi. Matnning originallik darajasi kamida 70 foiz bo‘lishi kerak.

03

Maqola sarlavhasi qalin shriftda sahifa markaziga tekislanadi. Keyingi qatorda muallif(lar)ning to‘liq ismi-sharifi, lavozimi, ish yoki o‘qish joyining qisqartmalarsiz to‘liq nomi, shahar, mamlakat va elektron pochta manzili ko‘rsatiladi.

04

Maqolalar Microsoft Word dasturida, Times New Roman shriftida, 12 o‘lchamda, bir intervalda, kamida 5 sahifa hajmida tayyorlanadi. Sahifaning barcha tomonlaridan 2 sm hoshiya qoldiriladi. Asosiy matn sahifa eni bo‘yicha tekislanadi.

05

Maqola qaysi tilda yozilganidan qat’i nazar, uning sarlavhasi, muallif(lar) haqidagi ma’lumotlar, annotatsiyasi va kalit so‘zlari matn boshida o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi.

06

Har bir tildagi annotatsiya 150 so‘zdan iborat bo‘lib, kursivda yoziladi. Har bir tilda 6–8 ta kalit so‘z vergul bilan ajratib beriladi.

07

Uch tildagi sarlavha, muallif(lar) haqidagi ma’lumotlar, annotatsiya va kalit so‘zlardan so‘ng maqolaning asosiy matni joylashtiriladi.

08

Matn ichidagi manbalarga havolalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati maqola oxirida alifbo tartibida APA uslubida rasmiylashtiriladi. Sahifa osti izohlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

09

Barcha jadvallar, grafiklar, rasmlar va diagrammalar ostida ularning tartib raqami va sarlavhasi ko‘rsatiladi. Masalan: «1-jadval. Til darajalari».

10

Maqolalar tahrir qilingan holda elektron shaklda yuboriladi. Tashkiliy qo‘mita va tahririyat taqdim etilgan materiallarni dastlabki ekspertizadan o‘tkazish, saralash va tahrir qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

11

Maqolalarning mazmuni, ma’lumotlarning ishonchliligi, mualliflik huquqlariga rioya etilishi va keltirilgan manbalarning to‘g‘riligi uchun muallif(lar) mas’ul hisoblanadi.

UZ · RU · ENAnjumanning rasmiy tillari
The Lingua Spectrum JournalThe Lingua Spectrum Journal ilmiy jurnalida chop etish
DOIHar bir maqolaga DOI identifikatori beriladi
Google ScholarAnjuman materiallari Google Scholar bazasida indekslanadi

04 · MUHIM SANALAR

Anjumangacha qolgan vaqt

00kun
00soat
00daqiqa
00soniya
11.11.2026

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

07.11.2026

Materiallarni topshirishning oxirgi muddati

05 · ISHTIROK ETISH

Maqolangizni elektron shaklda yuboring.

Tahrir qilingan materiallar anjuman talablariga muvofiq holda qabul qilinadi. Tahrir qilinmagan yoki ko‘rsatilgan muddatdan keyin taqdim etilgan materiallar qaytarilmaydi va anjuman to‘plamiga kiritilmaydi.

Tashkiliy badal250 000 so‘m

Tashkiliy badal va materiallar to‘plamining nashr xarajatlarini qoplash maqsadida 250 000 so‘m belgilangan.

Plastik raqam………………………..

To‘lov amalga oshirilganligi skrinshot shaklida muallif haqidagi ma’lumotlar bilan Telegram raqamiga yuboriladi. +998 __________________

05A · REGISTRATION

Ishtirok uchun ro‘yxatdan o‘ting

Ma’lumotlaringizni kiriting va maqolangizni elektron shaklda yuboring.

DOC, DOCX yoki PDF. Maksimal hajm 10 MB.
Axborot xatini yuklab olish

06 · TASHKILIY QO‘MITA

Markaz bilan bog‘laning

Telefon va Telegram+998 90 977 49 07+998 93 430 11 35
Manzil

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li, 21A.

07 · ALOQA

Savollaringiz bormi?

Tashkiliy qo‘mita bilan bevosita bog‘laning.

Bog‘lanish